Srechko Katanes: “Biz oʻz uyimizda oʻynaymiz va faqat gʻalaba uchun harakat qilamiz”
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ertaga start oladigan JCh-2026 saralashining 3-bosqichidan avval quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
“Jamoamizda hammasi yaxshi va barcha yigitlar oʻyinga tayyor. Kechagi mashgʻulotlardan keyin bu fikrim yana bir karra oʻz isbotini topdi. Biz oʻz uyimizda oʻynaymiz va faqat gʻalaba uchun harakat qilamiz. Jamoa bilan 3 yildan beri birga ishlayapmiz. Allaqachon bir ritmga tushib boʻlganmiz. Yigitlar men nima istashimni yaxshi bilishadi. Bir narsani taʼkidlab oʻtgan boʻlar edimki, nimanidir qattiq istashning yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi ehtimoli bor. Oʻzbekiston terma jamoasining shu paytgacha Jahon chempionatiga yoʻllanma ololmagani bosimni haddan ziyod oshirib yuborishi mumkin. Ertaga eng yaxshi oʻyinimizni koʻrsatishga harakat qilamiz va qadam-baqadam JCh yoʻllanmasi sari ildamlab boramiz”.