Abror Ataboyev: “Musobaqaga jiddiy tayyorlangan edik”

Qozog’istonda o’tayotgan sport kurashlari bo’yicha Osiyo chempionatida zafar quchgan Abror Ataboyev (-67 kg) musobaqa taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Sportchimiz Birlashgan kurash dunyosi federatsiyasining media bo’limiga intervyu berar ekan, bu titulning ahamiyati, raqiblari haqida fikr bildirdi.

Bahslar davomida Tojikiston, Qozog’iston, Yaponiya termalarining birinchi raqamli polvonlarini mag’lub etgan yosh “klassik” kurashchimiz kattalar toifasida ilk bor qit’a g’olibligini qo’lga kiritdi. G’alabalar bardavom bo’lsin!

Text to speech