Saad Аli Аl Shehri: “Mezbonlar Parij-2024 Olimpiadasi yoʼlida ajoyib jamoa tuzgani koʼrinib turibdi”
Futbol boʼyicha U23 Osiyo kubogi final bellashuvidan soʼng jamoalar murabbiylari ishtiroki matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Unda dastlab chempion jamoa murabbiyi Saad Аli Аl Shehri va uchrashuvning eng yaxshi oʼyinchisi deb topilgan Fares Аlbriken final taassurotlari bilan oʼrtoqlashishdi.
“Jamoamiz va bizning gʼalabamizni kutayotgan barcha yaqinlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Juda qiyin oʼyin boʼldi. Bu finalga xos va kutilgan holat. Muxlislar mezbon jamoani ajoyib qoʼllab-quvvatlab turdi. Shunday boʼlsa ham, oʼyinchilarim qoʼyilgan vazifani uddalashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman”, – dedi murabbiy.
“Biz uchun juda qiyin boʼldi. Yutishimiz lozim boʼlgan uchrashuvda oldimizga qoʼyilgan maqsadga yeta oldik. Chempionlik bilan barcha jamoadoshlarim va murabbiylarimiz, yaqinlarimizni tabriklab qolaman”, – dedi uchrashuvning eng yaxshi oʼyinchisi.
Oʼzbekiston jamoasi haqida
Koʼrinib turibdiki, Oʼzbekiston termasi juda kuchli shakllangan. Mezbonlar Parij-2024 Olimpiadasi yoʼlida ajoyib jamoa tuzgani koʼrinib turibdi. Oʼz navbatida biz ham endi bor eʼtiborimizni kelgusi ushbu yosh toifasidagi musobaqaga qaratib, Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlaymiz.
Jamoaning gol oʼtkazmay chempion boʼlgani haqida
Аvvalo, bularning barchasi yaratgandan. Qolaversa, himoyada tartibli va kuchli oʼyin namoyish eta oldik. Raqibga qarshi zamonaviy futbolning barcha yoʼnalishlari boʼyicha tayyorgarlik koʼramiz.