Shuhrat Salayev: "Keyingi yilgi "Turkish Open" musobaqasida oltin medal olishni maqsad qildim"
Turkiyada bo‘lib o‘tgan "Turkish Open" xalqaro musobaqasida kumush medali sohibi bo‘lgan Shuhrat Salayev O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Turkish Open" biz uchun 2022-yildagi birinchi xalqaro musobaqa bo‘ldi. Musobaqada finalga qadar yetib bordim, hal qiluvchi bellashuvda o‘z aybim bilan yutqazib qo‘ydim.
Bungacha "Turkish Open"da ikki bor qatnashgandim va ikkalasida ham bronza medalini qo‘lga kiritgandim. Bu safar kumush medaliga ega chiqdim. Keyingi yil oltin medalni qo‘lga kiritishni maqsad qildim va buning uchun borimni beraman. Yo‘l qo‘ygan xatolarim ustida ishlayman va navbatdagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘raman.
Ayni paytda Toshkentda mart oyidagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jadal sur’atlarda davom etmoqda. Yaratib berilayotgan sharoitlar a’lo darajada, nolishga sabab yo‘q", - dedi Shuhrat Salayev.