Gandbolchi qizlarimiz JCH yoʻllanmasini hali qoʻlga kiritmadimi?
23-sentyabr kuni gandbol boʻyicha Osiyo chempionatining 5-8-oʻrinlar uchun kechadigan bosqichida Iordaniyadan ustun kelgan qizlarimiz jahon chempionati yoʻllanmasiga ega boʻlgani haqida xabar bergan edik. Biroq keyinchalik reglamentga oʻzgartirish kiritilgani maʼlum boʻldi. Bu vaziyatga Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxalikov izoh berdi:
“Musobaqa avvalida belgilangan reglamentga koʻra, kuchli oltilikka kirgan jamoalar shu yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanma olishar edi. Biroq Iordaniya bilan oʻtgan oʻyinimiz kuni Xalqaro gandbol federatsiyasi reglamentga oʻzgartirish kiritgan va ushbu musobaqada ishtirok eta olmayotgan Xitoy jamoasiga jahon chempionatida ishtirok etish uchun imtiyozli yoʻllanma (wild card) bergan. Bunga sabab sifatida Osiyo chempionatida ishtirok etishi kerak boʻlgan 12 jamoadan biri (Qatar) turnirda qatnashmagani koʻrsatilgan. Shu bois, Osiyo uchun ajratilgan 6 oʻrindan biri Xitoyga oʻtdi. Demak, JCHda ishtirok etish uchun yana bir gʻalaba kerak boʻladi bizga. Bu bilan jamoadagi muhit oʻzgargani yoʻq. Qizlarimizda oʻzlariga boʻlgan ishonch kuchli. Gonkongni magʻlub etib, yoʻllanma masalasini hal qilamiz”.
Osiyo chempionatining beshinchi oʻrini, amalda JCH yoʻllanmasi uchun kechadigan Oʻzbekiston va Gonkong jamoalari oʻrtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Boʻlajak bahsda jamoamizga omad ti