Ilk soniyalarda olingan jarohat Rustam Assakalovni Olimpiada medalidan ayirdi. Mazkur bellashuvdan so’ng 40 yoshli kurashchimiz professional sportdagi faoliyatini yakunladi. Rustam Assakalov O’zbekiston terma jamoasi tarkibida jahon chempionatlarida 1 tadan oltin va kumush, Osiyo o’yinlarida 1 tadan oltin, kumush va bronza, qit’a birinchiliklarida esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo’lgan. Shuningdek, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Rustam Assakalovga yorqin faoliyat uchun minnatdorchilik bildirib, unga kelgusida sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.
8 Avgust 2024