Diyora Keldiyorova bugungi kun qahramoniga aylandi! Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlarining -52 kg vazn toifasidagi chempionini mag’lub etish bilan musobaqani boshlab, -48 kg vazndagi chempionni dog’da qoldirish bilan ishtirokini yakunladi. Shuningdek, yarim finalda aralash jamoaviy dastur chempionini ham yengishga erishdi. Shu tariqa, kun davomida uch yo’nalishdagi chempionlarni mag’lub etgan yurtdoshimiz yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ilk o’zbekistonlik ayol chempion sifatida tarixga kirdi.
28 Iyul 2024