Bugun Muzaffarbek Toʻraboyevning faoliyatida muhim kunlardan biri boʻldi. Isteʼdodli sportchimiz ilk bor “Katta dubulgʻa” tasnifidagi musobaqada oltin medalga sazovor boʻlib, oʻzi uchun yana bir choʻqqini zabt etdi. Shubhasiz, yozda Fransiyada uni kelgusi marra ham kutib turibdi. 2 ta musobaqadan beri magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Matvey Kanikovskiyni finalda 13 soniyada taslim qilgan Toʻraboyevga medal va esdalik sovrinlarni Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov hamda MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov topshirishdi.
3 Mart 2024