Gulhayo Joʻrayeva bugungi ishtiroki bilan -52 kg vazn toifasida Keldiyorova va Qadamboyevaga munosib raqobatchi boʻlib yetishib chiqayotganini koʻrsatdi. Jahon reytingida 59-pog’onada kelayotgan Jo’rayeva yarim finalda 6-o’rinda turgan Olimpiya o’yinlari va jahon chempionati sovrindori, buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsdan ustun keldi. Garchi u hal qiluvchi bahsda Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining finalchisi, dunyo birinchiligining ko’p karra sovrindori, jahon reytingida 3-o’rinda turgan fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy bergan boʻlsa ham muxlis va mutaxassislar oʻzlari uchun yangi iste’dodni kashf etishdi. Dzyudochimizni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov taqdirladi.
1 Mart 2024