Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Devis kubogida AQSh bilan kechgan bellashuvlarda katta tajriba toʻpladi. Bugun juftlik bahsidagi gʻalaba mehmonlarga keyingi bosqich eshigini ochdi. Shundan soʻng amalda oʻyin taqdiriga taʼsir oʻtkazmasa ham 17 yoshli hamyurtimiz Amir Milushev jahon tasnif jadvalida 93-oʻrinni egallab turgan Denis Kudla bilan bahs olib bordi va ikki setda (6:7, 4:6) imkoniyatni boy berdi. MOQ obyektivida Oʻzbekiston – AQSH qarama qarshiligining ikkinchi kun bahslari.
4 Fevral 2023