Bugungi kun qahramoni bo‘lgan qilichbozlarimizning ishtiroki fotosuratlarda
Toshkentda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun o‘smirlar jamoaviy yo‘nalishda bahs olib borishdi. Bugungi dasturda sablyachi yigitlarimiz oltin, shpagachi o‘g‘lonlarimiz va rapirachi qizlarimiz esa kumush medallarga sazovor bo‘lishdi. Shiddatli va murosasiz kechgan janglarda ular o‘zlarining mahorati bilan barchada iliq taassurot qoldirdi. E’tiboringizga qilichbozlarimizning chiqishi va taqdirlash marosimidan suratlarni havola qilamiz:
26 Fevral 2022