17 Noyabr 2025 176

“Prezident Olimpiadasi”ga tayyorgarlik: ishchi guruhlarning hisobot taqdimotlari ko‘rib chiqildi

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida “Prezident Olimpiadasi”ga tayyorgarlik bo‘yicha mas’ul ishchi guruhlarning hisobot taqdimotlari o‘tkazildi. Hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Adburahmonov, shuningdek, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati koʻrib chiqdi.

Taqdimot davomida tayyorgarlik jarayonining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Vazirlik va MOQ rahbariyati hisobotlarni bevosita ko‘rib chiqib, mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalarni berdi.

Text to speech