Ўз En O'z
12 Сентября 2024 229

Ургенч примет открытый чемпионат Узбекистана по тяжёлой атлетике

Ayni kunlarda Urganchdagi “Yoshlik” sport majmuasida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi mamlakat kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boryapti.

Qayd etish joiz, 17-sentyabrga qadar davom etadigan ushbu musobaqa doirasida U17 yosh toifasida Oʻzbekiston ochiq chempionati ham tashkil etiladi. Unda 5 ta yigitlar hamda 5 ta qizlar oʻrtasidagi vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Mazkur turnirda hamyurtlarimizdan tashqari qoʻshni mamlakatlardan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin atlet qatnashishi kutilmoqda.

Text to speech