Ру Ўз En

Sport tibbiyoti

Ayni paytda butun jahon sporti dopingga qarshi kurashib kelmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. O'z navbatida, sportchilarimizning ta'qiqlangan preparatlarni iste'mol qilib qo'yishining oldini olish, ularning menyusi tarkibini nazorat qilib borish shifokorlarimiz oldida turgan asosiy vazifadir. Bu borada Milliy antidoping agentligi bilan ta'qiqlangan preparatlardan saqlanish borasida sportchilarimizning tahlillari muntazam nazorat qilib borilmoqda. Ushbu masala yuzasidan ishchi guruh tuzilgan bo'lib, unga Nodir Tursunov boshchiligida MOQ, "dori-darmon" komaniyasi, Toshkent farmasevtika instituti jamoasi va sohaning tajribali mutaxassislari jalb etilgan.

Shuningdek, mazkur ishchi guruh vakillari quyidagi vazifalarni nazorat qilib borishi belgilab qo'yilgan:

Sportchilarni farmakologik vositalar bilan ta'minlashida jahon tajribasida eng ko'p ishlatiladigan dorilarning yangilangan ro'yxatini shakllantirib borish;
WADA ma'lumotlar bazasida dopingdan holi bo'lgan preparatlar ro'yxatini doimiy nazoratda olib borish;
Sportchilarning jismoniy tiklanishlari uchun ishlatiladigan farmokologik preparatlarning ro'yxatini muntazam to'ldirib va yangilab borish;
Sportchilarning sog'lig'ini tiklash va mustahkamlab borishda federasiyalarda faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari bilan doimiy fikrlar almashib borishini ta'minlash va bu bo'yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
Sportchilar uchun zarur bo'ladigan asosiy dori-darmonlarni xorijdan sotib olish imkoniyatlarini o'rganish va mexanizmini takomillashtirish.
Yana bir ahamiyatli jihati, yuqorida keltirib o'tilgan ish faolyatini kuzatib borish, tegishli maslahatlar berib uchun Oliy ta'lim muassasalaridagi 6 nafar professor-farmakolog o'qituvchi jalb qilindi va 18 ta sport federasiyalariga biriktirildi. Ularga har bir federasiyalarning yo'nalishidan kelib chiqqan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi. Tan olish kerak, bir jihatdan farmakologlar soni kam bo'lishi mumkin. Ammo imkoniyatdan kelib chiqqan holda olib borilayotgan ushbu jarayonlar o'z foydasini berib bormoqda. Jumladan, so'nggi 1-2 oy ichida o'tkazilgan xalqaro musobaqalarda sportchilarimizning jismoniy holati, tiklanishi bilan bog'liq yuzaga keladigan muammolar sezilarli darajada kamaydi. Tokio Olimpiadasigacha tuzib chiqilgan reja dasturining asosiy mohiyati ham bunday vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Sportchilarimizni 2020 yil Tokio (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha tibbiyot sohasida ham turli tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borilmoqda. Jumladan, Respublika sport tibibyoti ilmiy-amaliy markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, farmakologiyaga ixtisoslashgan korxonalar, MOQning Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinasiya qilish departamenti, federasiyalarga biriktirilgan shifokorlar va boshqa tibbiyot sohasidagi tashkilotlar bilan qo'shma yig'ilishlar o'tkazilib, sportchilarimizga kerakli sport darmonlari, vitaminlar etkazib berish, atletlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish standartlarini takomillashtirish va preparatlar bilan ta'minlash bo'yicha ishchi guruhini ham shakllantirilgan va quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan:

Sport tibbiyotining so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda terma jamoa sportchilarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish;
Milliy terma jamoalarimizga ishlab chiqilgan yangi standartlar, jismoniy imkoniyatlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga holda tibbiy ko'rik o'tkazishni nazorat qilib borish;
Terma jamoalarda faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari, dietologlar, psixologlar, farmokologlar uchun xorijlik kuchli mutaxassislar bilan seminarlar tashkil qilish.
Sportchilarimizning salomatligini ko'zdan kechirish ham diqqat-markazida turgan asosiy vazifalardan biri. MOQ qoshida faoliyat olib borayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sportchilarimiz kamida 1 yilda 2 bor chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tishadi. Bundan tashqari atletlarimiz uchun funktsional test va mobil labaratoriya bo'limlarida olib boriladigan tekshiruvlar ham bor.

Sportchilar iste'mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilib borish borasida ham maxsus "yo'l xaritasi" asosida ishchi guruhi tuzib chiqilgan. Sportchilarning har kunlik ovqatlari menyusi ularning yo'nalishiga, mashg'ulot hamda musobaqalardan oldin va keyin, qolaversa, shu kabi asosiy faktorlar asosida tuzib chiqilgan. Milliy Olimpiya qo'mitasi bu borada Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston oshpazlar uyushmasi va xalqaro o'zbek pazandachilik san'ati markazi bilan kerakli normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, yurtimizda mavjud sport turlari quyidagi tipda bo'lib chiqilgan:

Yakkakurash sport turlari;
O'yin sport turlari;
Koordinasiyasini muvofiqlashtirish qiyin sport turlari;
Yuqori tezlik va kuchga yo'naltirilgan sport turlari;
Davriy sport turlari.
Misol uchun, futbolchi va dzyudochilarning ovqatlanishida, ular uchun beriladigan taomlarning menyusida katta farq bo'ladi. Shu bois ham har bir terma jamoamiz vakillarining yo'nalishi inobatga olingan hoda mazkur tipdagi turlarga bo'lib chiqildi. Sport turlarini bunday bo'lib chiqish jahon tajribasi asosida amalga oshirilgan bo'lib, har bir yo'nalish bo'yicha sportchilar menyusini tajribali dietologlar tuzib chiqadi.

Shuningdek, federasiyalarga biriktirilgan sport psixologlari va ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh uchun ham kerakli vazifalar berilgan. Jumladan, ular uchun ilmiy-metodik dasturlarni ishlab chiqish, ushbu yo'nalish bo'yicha o'quv dasturlarini tayyorlash, tuzilgan memorandumga bo'yicha rossiyalik mutaxassislar bilan tajriba almashib borish shular jumlasidandir. Quyida mazkur ishchi guruh vakillarining O'zmada tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha har bir sport turi uchun ishlab chiqilgan va taqiqlangmagan farmakologik vositalar, ularning tarkibi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin:

Har bir sport turi uchun ruxsat etilgan farmakologik vositalar

Foydalanish bo'yicha qo'llanmalar:

Antioktsidantlar

Vitaminlar

Nootroplar

Har bir sportchining chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishi, ular uchun ajratiladigan farmakologik vositalar quyidagi talabnomlar bo'yicha to'lirib boriladi:

Federasiyalardagi sport psixologlari uchun o'quv kurslari yo'lga qo'yildi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Respublikasi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan sport psixologlarining malakasini oshirish, sohadagi yangiliklar va bilimlari bo'yicha fikr almashib borishlari uchun seminarlar ham tashkil qilib bormoqda. Mazkur dastur doirasida Olimpiya sport turlari bo'yicha federasiya(Assosiyasiya)larda faoliyat olib borayotgan sport psixologlari uchun jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida "Sport psixologiyasi" bo'yicha qisqa muddatlik intensiv o'quv kurslari tashkil qilindi.

Psixologlarimiz ushbu kurslarda tajribali professorlar orqali o'z bilim va ko'nikmalarini yanada boyitib olishdi. Aytish mumkinki, bunday kurslar hali boshlanishi bo'lib, kelajakda xorijlik sport psixologlari bilan mahorat darslari, ilmiy seminarlar tashkil qilish ko'zda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech