Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati hozir ham mavjud

Qoida tariqasida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lar ajratish tarzidagi moddiy yordam kuzda to‘lanadi. Shundan kelib chikib, korxonalarni aksariyat raxbarlari va bosh hisobchilari qonunchilik buni, aytaylik aprelь-maylarda amalga oshirishga yul kuymaydi deb uylaydilar. Bu qanchalik to‘g‘ri? Ushbu savolga moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultanov javob beradi.

  Ha, shubhasiz, haqli. Moddiy yordam – bu korxonaning tijorat yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan hech qanday tarzda bog‘liq bo‘lmagan barcha to‘lov turlaridir. Korxona o‘z ixtiyoriga ko‘ra xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatadi, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni xaridi uchun mablag‘lar ajratish tarzida. Uni qachon va necha marotaba to‘lash yuzasidan cheklovlar ham mavjud emas. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun moddiy yordam ajratish korxona rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Moddiy yordam xodimning boshqa daromadlari tarkibiga kiradi (SK 377-m. 10-b.).
U ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi (SK 403-m. 1-q.).
Agar moddiy yordam qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar tarzida berilsa, MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdordagi summaga soliq davri uchun JShDS solinmaydi (SK 378-m. 1-b. 3-xatboshi).
Ya’ni bir yil mobaynida moddiy yordamga, uni to‘lash sonidan qat’i nazar, MHEKMning 4,22 baravarigacha bo‘lgan miqdor doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
 Misol. 2020 yilning ikkinchi choragida korxona rahbari har oyda (aprelda, mayda, iyunda) har bir xodimga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari berish uchun 950 ming so‘m miqdorida moddiy yordam to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Moddiy yordam berish korxona rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu to‘lovlarga JShDS solinmaydi, chunki ularning yig‘indisi (950 000 x 3 = 2 850 000) MHEKMning 4,22 baravaridan kam –
2 866 772,6 so‘m (4,22 x 679 330) (SK 378-m. 1-b. 3-xatboshi). Ushbu to‘lovlardan ijtimoiy soliq ham to‘lanmaydi. (SK 403-m. 1-q.).